«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi» hujumchisi Pedru Netuni o'z jamoasida ko'rishni xohlashini aytdi. 30 sentyabr kuni «Benfika» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.

«Netu dunyodagi eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri. Entso Mareska ("Chelsi" bosh murabbiyi) qulay holatda, chunki unda shu profildagi uch-to'rt nafar futbolchi bor. Albatta, men Pedru Netuni “Benfika”da ko'rishni istardim, ammo u boshqa sharoit va moliyaviy imkoniyatlar boshqacha bilan bog'liq holda o'ynayapti», — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Goal nashri.

Netu 2024 yildan beri «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Manba: championat.com