Jorjina Ronalduning kichik qizalog'i Armanistonga qarshi o'yin oldidan otasiga nima deganini oshkor qildi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges futbolchining qizi otasi uchun yozib qoldirgan audioni oshkor qildi. Yozuv JCh-2026 saralashining Armanistonga qarshi birinchi tur o'yinidan oldin tayyorlangan. Roberto Martines shogirdlari raqibni 5:0 hisobida mag'lub etdi, 40 yoshli forvard esa dubl qayd etdi.
«Agar sen ketib qolsang, men seni sog'inaman. Men seni sevaman», — deyiladi yozuvda. Bu audioni As nashri e'lon qildi.
Ovozga qaraganda, yozuv Ronalduning eng kichik qizi — Bella Emeralda tomonidan yuborilgan. U aprel oyida 3 yoshga to'ldi. Shuningdek, Krishtianu va Jorjinada 7 yoshli qizi Alana Martina ham bor. Forvardning surrogat onadan tug'ilgan 8 yoshli qizi Eva ham mavjud.
Manba: football24.ru