Jorje Mendesh "Barselona" futbolchisining yangi agentiga aylandi

"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado endi portugaliyalik mashhur agent Jorje Mendesh xizmatlaridan foydalanadi.
Barca Universal xabariga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi Amerikaning "Vasserman" agentligi bilan hamkorlikni to'xtatgan.
Kasadoning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.