Jorje Jezush Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

71 yoshli portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin.
Jamoaning ayni damdagi ustozi Roberto Martines JCh-2026 turniridan so'ng, shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan o'z lavozimini tark etish niyatida.
ESPN Brazil nashrining xabariga ko'ra, aynan Jezush terma jamoa boshqaruvida Martinesning o'rnini egallashi kutilmoqda. So'nggi oylar davomida murabbiy bilan olib borilgan muzokaralar ancha ijobiy tomonga siljigan.
Eslatib o'tamiz, Jezush yaqindagina Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bosh murabbiyligidan ketgan edi. Ortda qolgan mavsumda ushbu klub uning qo'l ostida Saudiya Arabistoni chempionatida g'olib chiqdi.
Manba: Stadion.uz