Jordi Alba: «Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi, bunga shubha yo'q»

«Inter Mayami» himoyachisi Jordi Alba yana bir bor jamoadoshi Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi deb atadi.
Bugun 38 yoshli argentinalik yulduz «Neshvill»ga qarshi MLS Kubogining ilk bosqichi 3-uchrashuvida (4:0, 2–1) dubl va assist qayd etdi.
«Messi shunday holatda bo'lganda, butun jamoani ruhlantiradi. U bilan 12 yil birga o'ynaganman va har safar bir narsani aytaman: u tarixdagi eng yaxshi futbolchi», — dedi Alba.
Lionel Messi joriy mavsumda MLSda o'zining 15-goli va 10-assistini qayd etdi.