Jon Stounsga da'vogar jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Avvalroq «Manchester Siti» jamoa himoyachisi Jon Stouns yozda klubni tark etishini e'lon qilgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga etmoqda. Shu sababli u erkin agentga aylanadi va istalgan klubga bepul o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.
TEAMtalk nashri Stounsga da'vogarlik qilayotgan klublar haqida ma'lumot tarqatdi. Unga ko'ra, himoyachiga «Everton», «Monako», «Marsel» va «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 15 million evroga baholagan.
Jon Stouns «Manchester Siti» libosida jami 293 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu bahslarda u 19 ta gol urishga va 9 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.