Jon Barns Slotning iste'fosiga qarshi chiqdi

«Liverpul» afsonasi Jon Barns mersisaydliklar rahbariyatini bosh murabbiy Arne Slotga bo'lgan ishonchni saqlab qolishga chaqirdi.
«Biz Arne Slot bilan APLda g'olib chiqdik va endi birdan uni bo'shatmoqchimizmi? Agar u ketsa va o'rniga, aytaylik, Alonso kelsa-yu, dastlabki olti oy yoki bir yilda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-chi? Unda nima qilamiz? Uni ham bo'shatib, boshqa birovni chaqiramizmi? Men doim murabbiylarni qo'llab-quvvatlayman, chunki ular klubga o'z muvaffaqiyatlari tufayli kelishadi. Ularga vaqt berish kerak», — deya Barnsning so'zlarini keltirmoqda Liverpool Echo.
Arne Slot Angliya Kubogi chorak finalida «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:4) so'ng keskin bosim ostida qoldi. Bu mag'lubiyat klub uchun joriy mavsumdagi 15-si bo'ldi. Avvalroq «Liverpul» rahbariyati Slotning kelajagini muhokama qilish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazgani xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Slot 2024 yilda «Liverpul»ni qabul qilib olgan va 2024/2025 yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Hozirda jamoa 49 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda va EChL chorak finaliga yo'l olgan.