Joel Kojo: "Navbahor" oldiga qo'yilgan maqsad yo'lida oxirigacha kurashadi, men jamoaga ishonaman"

Uchrashuvdan so'ng jamoaning va “Navbahor” klubi hujumchisi Joel Kojo fikrlarini bildirdi. U “lochinlar”ning mavsumning qolgan qismidagi imkoniyatlari, yuqori o'rinlardagi raqobat haqida to'xtaldi.
"Bizda yaxshi imkoniyat bor. "Paxtakor" va "Neftchi" oldiga OCHLni vazifa qilib qo'ygan. Bizning maqsadimiz ham shunday. "Navbahor" oxirigacha kurashadi. Men jamoamga ishonaman.
Jamoamiz maksimal darajada harakat qiladi. Qolganini mavsum yakunlangach ko'ramiz",- deydi Joel Kojo.
Kommentariyalar