Joao Pedro dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisini aytdi

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedrodan hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi kim ekani haqida so'rashdi.
«Menimcha, agar Ris Jeyms doimo barqaror holatda bo'lsa, u yuz foiz birinchi raqamli himoyachiga aylanadi. Chunki Ashraf Hakimiy ko'proq qanot bo'ylab yuguradigan futbolchi. Ris esa ancha universal o'yinchi. U himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynaydi, jarima va burchak zarbalarini ham qoyillatib ijro eta oladi», — dedi Joao Pedro Rio Ferdinandning podkastida.
Ma'lumot uchun, Ris Jeyms «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.