Joao Pedro "Chelsi" tarkibida APLda 5 ta samarali harakat bajargan.

APLning 4-tur o'yinida "Brentford"ga qarshi bahsda londonliklar hujumchisi 61-daqiqada Koul Palmerga golli uzatma berdi.

Oldingi uchta o'yinda braziliyalik futbolchi ikkita gol urgan va ikkita golli uzatma bergan edi.

"Chelsi" safida APLda "gol+pas" tizimi bo'yicha 5 ochkoni bundan ham tezroq to'plagan yagona futbolchi Eden Azar bo'lgan. Belgiyalik futbolchiga buning uchun atigi uchta o'yin kifoya qilgan.