"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning transferi haqida o'z mulohazalarini bildirdi.

"Biz juda katta taklif tayyorladik. Agar ular uni qabul qilishga tayyor bo'lsa – bu ajoyib, ammo vaqt cheksiz emas.

Taklifni saqlab qolamizmi yoki yo'qmi, bu iyul oyining oxirgi ikki haftasida voqealar qanday rivojlanishiga bog'liq.

Futbolchi o'z fikrini aytdi, shuning uchun masala ochiq qolmoqda. U muhitni o'zgartirmoqchi. Biz uni qabul qilishga tayyormiz.

Voqealar qanday rivojlanishini kuzatamiz", – dedi Joan Laporta El Larguero nashriga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz