Joan Laporta va Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar nima sababdan sovuqlashgani ma'lum bo'ldi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Madridning «Real» klubi rahbari Florentino Peres bilan oxirgi marta qachon gaplashgani haqidagi savolga javob berdi.
«Ancha oldin. Ular «Negreyra ishi»da paydo bo'lganlaridan keyin munosabatlarimiz yomonlashdi. Biz aniq maqsad yo'qligi sababli Superligani tark etishga qaror qildik: loyiha shakllanmayotgan edi va biz bu haqda ularga aytgandik. Bundan tashqari, UEFA Evropada futbol barqarorligini oshirish bo'yicha choralar ko'rayotgan edi», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barça Universal.
Ispaniya La Ligasining 29 turidan so'ng «Barselona» 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan «Real» bilan farq to'rt ochkoni tashkil etadi.