«Barselona» prezidenti Joan Laporta keyingi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

«Ko'k-anorranglilar» joriy mavsumni La Liga va Ispaniya Superkubogi g'olibi sifatida yakunlashmoqda. Jamoa Chempionlar ligasida 1/4 finalgacha etib bordi, Ispaniya Kubogida esa yarim final bosqichida musobaqani tark etdi.

«Deku [sport direktori] o'z ishini ortiqcha shov-shuvsiz, tinchgina bajarmoqda, murabbiy Flik esa yozni katta ishtiyoq bilan kutayotganga o'xshaydi. Keyingi mavsum hozirgisidan qiyinroq bo'ladi — talablar yanada ortadi. Futbolchilar o'z tarixini o'zlari yozayotganliklarini juda yaxshi anglab turishibdi», — deya Laportaning so'zlarini «Managing Barca» nashri etkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, 23 may kuni Kataloniya jamoasi chempionatning so'nggi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.