«Barselona» rahbari Joan Laporta klub «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonning transferi ustida faol ishlayotganini tasdiqladi. Chorshanba kuni turli nufuzli manbalar «ko'k-anorranglilar» va «qarg'alar» o'rtasida kelishuvga erishilgani haqida xabar bergandi. Angliyalik futbolchining o'zi ham transferga rozilik bildirgan.

«Entoni Gordonning transferi ustida ish olib borilmoqda. Men doimiy ravishda yangilangan ma'lumotlarni olib turibman», – deya Laportadan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Gordonning «Barselona»ga o'tishi klubga taxminan 80 million evroga tushishi mumkin. 25 yoshli futbolchi allaqachon bugun Kataloniya poytaxtiga etib keladi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi.