Joan Garsiya qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Joan Garsiya jarohati tufayli "Barselona"ning navbatdagi o'yinlarida maydonga tushmaydi.
Jurnalist Jerar Romeroning ma'lum qilishicha, darvozabon La Liganing "Real Ovedo"ga (3:1) qarshi o'yinidan keyingi bugungi mashg'ulotlarda jarohat olgan.
Qayd etilishicha, ispaniyalik posbon xalqaro tanaffusgacha kataloniyaliklarning navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Tanaffusga qadar "Barselona" La Ligada "Real Sosedad", Chempionlar Ligasida "PSJ" va La Ligada "Sevilya"ga qarshi bahs olib boradi.
Joan Garsiya joriy mavsum Ispaniya chempionatida 6 ta o'yinda maydonga tushdi.