Joan Garsiya qachon o'ynay olishi ma'lum bo'ldi

"Barselona"ning jarohat olgan darvozaboni Joan Garsiyaning holati haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ta'kidlashicha, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Atletik"ka qarshi o'yinda "Barselona"ga yordam bera oladi.
Eslatib o'tamiz, darvozabon jarohati tufayli sentyabr oyi oxiridan buyon maydonga tushmayotgan edi. Joriy mavsumda Garsiya barcha musobaqalarda ettita o'yin o'tkazib, beshta gol o'tkazib yubordi va uch marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
22 noyabr kuni "Barselona" o'z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi.