Joan Garsiya «klasiko»ga tayyor bo'lmoqchi

"Barselona" asosiy darvozaboni Joan Garsiya tizzasidan olgan jarohatini davolamoqda.
MD xabariga ko'ra, 24 yoshli golkiper 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yin uchun tiklanishga qattiq harakat qilmoqda. U hozirda sport zalida mashg'ulotlarni boshlagan.
Avvalroq, Rafinya, Fermin Lopes va Lamin Yamal 18 oktyabrga belgilangan "Jirona"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligi aytilgan edi.