Jo Xart Lamin Yamalning JCh finalidagi o'yiniga yuqori baho berdi

Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Jo Xart jahon chempionatining o'tgan final o'yinida Lamin Yamal ko'rsatgan o'yinni alohida e'tirof etdi. Uning fikricha, yosh futbolchi golli harakatlar bilan ajralib tӯrmagan bo'lsa-da, baribir haddan tashqari yaxshi o'yin o'tkazgan.
«Raqib jamoaning barcha futbolchilari uni maydondan chiqarib yuborishga harakat qildi. Yamal esa xotirjamlikni saqlab qoldi. Uni o'yindan keyin baxtli ko'rganimdan xursandman. U — yoqimli yigit, murabbiy esa unga shunday — yosh va erkin bo'lishga imkon berib, to'g'ri qadam tashladi», — deya Xartning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Lamin Yamal katta futboldagi debyutini 2023 yilda amalga oshirgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar