Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Jo Koul nemis mutaxassisi Tomas Tuxelning Angliya milliy terma jamoasidagi faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Menga «Chelsi»ni boshqargan davrida Tuxel yoqardi, ammo hozir u bizning terma jamoamizda ishlamoqda... Biz axir Angliyamiz, to'g'rimi? Menimcha, jamoaga mahalliy murabbiy kerak. Biz shunga intilishimiz kerak. Chet ellik murabbiy rivojlanishga intilayotgan kichik jamoalar uchun mos keladi», — deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi The Rest is Football.

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida yarim finalgacha etib bordi va u erda Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Inglizlar uchinchi o'rin uchun bahsda Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz