Jo Koul APL 2025 yil ramziy jamoasini tuzdi

"Chelsi" klubi va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul Angliya Premer-ligasining 2025 yilgi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Darvozabon: David Rayya ("Arsenal").
Himoyachilar: Mark Kukurelya ("Chelsi"), Gabriel Magalyains ("Arsenal"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Daniel Munos ("Kristal Pelas").
Yarim himoyachilar: Deklan Rays ("Arsenal"), Moyses Kaysedo ("Chelsi"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl Yunayted").
Hujumchilar: Antuan Semeno ("Bornmut"), Filip Foden ("Manchester Siti"), Erling Xoland ("Manchester Siti").
Joriy mavsumda Angliya chempionatida o'tkazilgan 18 ta o'yindan so'ng, Londonning "Arsenal" klubi 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan "Manchester Siti" (40 ochko) va "Aston Villa" (39 ochko) ham joy olgan.