Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru 2022 yilda Skudettoni qo'lga kiritgan jamoasi — «Milan»ni sog'inmoqda. Hozirda Olive Frantsiyada to'p surmoqda, biroq «Lill» va «Milan» oralig'ida u Shimoliy Amerikada ham qisqa va unchalik omadli bo'lmagan davrni o'tkazdi.

«Men «Milan»ni juda qattiq sog'inmoqdaman. Ushbu klub va «San-Siro» uchun juda ezilaman. Haligacha ko'plab sobiq jamoadoshlarim bilan aloqada bo'lib turibman. Umid qilamanki, «Milan» yana Chempionlar ligasiga qaytadi», — deya Olive Jiruning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik hujumchi 2021 yildan 2024 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan.