Hujumchi Olive Jiru kelajagi haqida gapirdi. 39 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, u faoliyatini yozda ko'chib o'tgan "Lill"da yakunlamoqchi.

"Hozir men barchasi yaxshi o'tishi uchun bu mavsumga e'tibor qaratmoqdaman, natijalarni esa mavsum yakunlangach e'lon qilamiz. "Lill" mening so'nggi klubim bo'ladimi? Albatta", - dedi Jiru.

Amaldagi shartnoma Olive Jiruni "Lill" bilan 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar bog'lab turadi.

Ayni paytda "Lill" Frantsiya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.