Jiru: "Balki yana bir mavsum futbol o'ynashim mumkin"

"Lill" hujumchisi Olive Jiru kelajagi haqida gapirdi.
Frantsiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumdan keyin ham o'ynashni davom ettirishi mumkinligini tan oldi. Sentyabr oyida forvard 39 yoshga to'ldi.
"Shartnomamni uzaytira olamanmi? Balki qo'shimcha yana bir mavsumni tashkil etishi mumkin. Ayni damda yashashingiz va biror nuqtada to'xtashga tayyor bo'lishingiz kerak. Bu borada rafiqam va oilam bilan maslahatlashgan holda qaror qabul qilaman.
Agar klub mendan mamnun bo'lsa, biz o'tirib, shartnomani uzaytirishni muhokama qilamiz”, - deya Jiru so'zlarini keltiradi Goal.
Ma'lumot uchun, Olive Jiru “Lill” safida 8 ta o'yinda 3 ta gol urdi.