Jiru: «Argentina futbolchilari maydonda u uchun o'lishga ham tayyor»

Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Olive Jiru Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi hal qiluvchi rolini ta'kidlab o'tdi.
Argentina JCh-2026 guruh bosqichi dastlabki ikki turida Jazoir (3:0) va Avstriyani (2:0) mag'lub etib, muddatidan avval pley-offga yo'l oldi. Messi o'z milliy jamoasining barcha 5 ta goliga mualliflik qildi.
«Lionel Messi atrofiga shunday futbolchilarni to'plaganki, ular maydonda faqat uni izlashadi. Ular u uchun o'ynashadi va bu ular uchun ulkan sharafdir. Ular Messini juda hurmat qilishadi, u bilan birga to'p surish ular uchun katta baxt. Ular maydonda u uchun o'lishga va yana bir bor jahon chempionatida g'olib chiqish uchun borlarini berishga tayyor. Uning roli har qachongidan ham muhimroq.
Yoshi o'tgani sari Messi borgan sari yaxshilanib bormoqda. Ikkita o'yinda Argentina terma jamoasi uchun beshta gol, u yagona to'purar bo'lib turibdi. Messi doim kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'ladi. U o'yinni yaratish va uning borishini belgilab berish uchun voqealar markazida bo'ladi», – dedi Jiru.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar