2018 yil yanvar oyida francuz futbolchisi "Arsenal"dan "Borussiya"ga o'tishi mumkin edi. Biroq yakunda u London klubidan "Chelsi"ga transfer qilingan.

Jiruning aytishicha, bu qarorda rafiqasi Jenniferning munosabati muhim rol o'ynagan.

"U: "Buni unut. Agar hozir meni boshqa davlatga, Germaniyaga, ustiga-ustak Dortmundga olib ketsang... seni o'ldiraman", - dedi", - deya 40 yoshli francuzning so'zlarini Canal+ keltiradi.

Olive va Jennifer 2011 yildan buyon turmush qurgan. Ularning to'rt nafar farzandi bor.

Jahon chempioni faoliyati davomida "Tur", "Monpele", "Arsenal", "Chelsi", "Milan" va "Los-Anjeles" klublarida o'ynagan. Jiru avvalroq joriy mavsum ehtimol uning futbolchi sifatidagi so'nggi mavsumi bo'lishini aytgan.

"Bu, ehtimol, futbolchi sifatidagi so'nggi mavsumim. Har bir lahzadan zavq olyapman", - degan Jiru.