"Jirona" yarim himoyachisi klubini o'zgartirdi

"Jirona" yarim himoyachisi, 22 yoshli Yaser Asprilya qishki transfer oynasida klubini o'zgartirdi.
Klub matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi Istanbulning "Galatasaroy" jamoasiga ijaraga o'tdi.
Ikki tomon o'rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Ijara shartnomasi yakunlangandan so'ng, klublar Asprilya uchun doimiy transferni muhokama qilishlari mumkin.