"Jirona" Ukraina terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzoladi.

Ispaniya klubi Kievning “Dinamo” klubidan Vladislav Vanat transferini e'lon qildi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzolashdi.

Avvalroq kataloniyaliklar futbolchi uchun 15 million evro va yana 2 million bonus to'lashi xabar qilingandi.

Vanat o'tgan mavsumda 28 turda 17 ta gol urib, Ukraina chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi.