"Jirona" bosh murabbiyi Michel hozirgi "Real" darajasi haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Jamoalar uchrashuvi bugun, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

"Real" - dunyoda birinchi o'rinda turib, "og'ir davr"ni boshdan kechirishi mumkin bo'lgan yagona jamoa. Hamma jamoaning muammolari haqida gapiradi, lekin u chempionatda etakchilik qilmoqda.

"Real"ni to'xtatish juda qiyin, chunki u erda jahon darajasidagi futbolchilar o'ynaydi. Ularda eng yaxshi to'purar va eng yaxshi darvozabon bor," - deya Michelning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.