"Jirona" ukrainalik etakchisini sotishga qaror qildi

"Jirona"ning ukrainalik xavbeki Viktor Tsigankov joriy transferlar davrida ispan klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ben Jeykobsning ma'lum qildi.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, "Jirona" rahbariyati yarim himoyachini sotishdan 20 million evro ishlab olmoqchi. Ukrainalikning kelajagi yaqin kunlarda hal bo'ladi.
27 yoshli futbolchi 2023 yilning yanvaridan buyon ispan jamoasida to'p tepib kelmoqda. Futbolchining "Jirona" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilda tugaydi.