Jezush Ronalduni Millatlar Ligasining noyabr oyidagi o'yinlari uchun Portugaliya qaydnomasiga kiritmoqchi

Bu haqda “A Bola” xabar bermoqda.
Ronaldu Millatlar Ligasi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi bahs (4:2) oldidan Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etgandi. Hujumchi o'z qarorining sabablari haqida keyinroq gapirib berishini ma'lum qilgan. Bundan oldin u Norvegiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) maydonga tushmagandi.
Kelgusi haftada federatsiya vakillari Ronaldu bilan uchrashuv o'tkazib, uning bosh murabbiy Jorje Jezush bilan munosabatlarini tartibga solishga harakat qilishlari kerak.
4 turdan so'ng Portugaliya 12 ochko jamg'arib, muddatidan oldin Millatlar Ligasining chorak finaliga yo'l oldi. Noyabr oyida jamoa Daniya va Uels terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Kommentariyalar