Misol sifatida u o'tgan yilgi OFK Chempionlar ligasi yarim finalida "Al Nacsr" vingeri Sadio Maneni maydonga tushirmaganini eslab o'tdi.

"O'tgan yili "Al Nascr"ning Chempionlar ligasi yarim finalidagi o'yini oldidan katta avtoritetga ega futbolchi - Sadio Maneni chaqirib: "Mane, men seni falon sababga ko'ra maydonga tushirmayman", dedim. Albatta, u buni unchalik xush qarshilamadi. Bu shunchaki avtoritet deganda nimani tushunishimni tushuntirish uchun. Maqom qolganlarga nisbatan hech qanday alohida qoidalarni anglatmaydi. Men futbolchilarni maydonga tushirish yoki zaxirada qoldirish bo'yicha qarorlarga bir xil yondashaman", - dedi Jezushning so'zlarini Record nashri.