Jeyms Kukurelyaning «Real»ga o'tgani haqida fikr bildirdi

«Chelsi» himoyachisi Ris Jeyms jamoadoshi Mark Kukurelyaning klubni tark etgani haqida nimalar deb o'ylashini so'zlab berdi.
Ispaniyalik himoyachi yangi mavsumdan boshlab Madridning «Real» klubi sharafini himoya qiladi. La Liga grandi 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini hafta boshida rasman e'lon qilgan edi.
«Men Kukurelya bilan bir necha kun oldin gaplashdim. Mark o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi, biroq bu futbol — o'yinchilar doimiy ravishda kelishadi va ketishadi. Uning ketganidan juda afsusdaman, lekin unga kelajakdagi faoliyatida faqat eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deya «talkSPORT» nashri Jeymsning so'zlarini keltiradi.
Mark Kukurelyaning transfer bahosi bonuslar bilan birgalikda 60 million evroni tashkil etmoqda. Chap qanot himoyachisi 2022 yildan buyon «ko'klar» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar