Jeyms JChning ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi

Himoyachi Ris Jeyms Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi kamida ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda The Guardian nashri sahifalaridagi maqolada aytib o'tilgan.
Avvalroq Jeyms juma kuni Angliya terma jamoasining mashg'ulotini o'tkazib yuborgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.
Shu tariqa, Ris Jeyms Panamaga qarshi o'yinni va mundialning 1/16 finalidagi ehtimoliy uchrashuvni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Agar inglizlar u erga etib borishsa, albatta, Jeyms 1/8 finalning potentsial o'yinida maydonga qaytishi mumkin.
Bundan avval Ris Jeyms mundial doirasida Xorvatiya (4:2) va Gana (0:0) terma jamoalariga qarshi to'liq o'yinlarni o'tkazgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar