Jeymi Vardining yangi klubi nomi ma'lum bo'ldi

Hujumchi Jeymi Vardi tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 38 yoshli hujumchi "Kremoneze" bilan kelishuvga erishgan. Vardi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Unda jamoani A Seriyada saqlab qolish sharti bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo'ladi.
Qayd etilishicha, yakshanba oqshomidayoq Jeymi Vardi yangi klubi qarorgohiga etib keladi.
Eslatib o'tamiz, Vardi shu yozda 13 mavsum davomida to'p tepgan "Lester"ni tark etgan edi.