Jerrard Slotning "Liverpul"dagi faoliyati haqida qanday fikrda ekanini aytdi

"Liverpul"ning afsonaviy sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa bosh murabbiyi Arne Slot haqidagi savolga javob berdi.
"Qizillar" joriy mavsumning birinchi qismini yaxshi o'tkazmadi, ammo so'nggi paytlarda natijalar yaxshilandi - uchta o'yinda uchta g'alaba.
"Men Slotning ishini yo'qotishini xohlamayman. Umid qilamanki, u vaziyatni o'nglaydi, hammasini yaxshi tomonga o'zgartiradi va "Liverpul"ni buyuk qiladi. Yarim yil oldin, jamoa chempionlikni qo'lga kiritganida, butun shahar bo'ylab yugurgandim," - deya Jerrardning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Mersisaydliklar Premer-liga 17-turidan keyin 29 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. 27 dekabr kuni Arne Slot jamoasi o'z uyida "Vulverxempton"ni qabul qiladi.