Jerrard: "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tganimdan afsuslanmayman"

«Liverpul» klubining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard 2015 yilda «Los-Anjeles Gelaksi»ga o'tganini yodga oldi.
«Men «Liverpul»dan «Los-Anjeles Gelaksi»ga o'tganimdan afsuslanmayman. U erda menga yaxshi g'amxo'rlik qilishgan. «Liverpul» menga bir yillik shartnoma taklif qilgandi, ammo Brendan Rojers o'yin vaqtim o'zgarishini va avvalgidek bo'lmasligini aytgan. Qalbimning tub-tubida men shunchaki maydonga tushishni istardim, futbolni yaxshi ko'rardim. Meni zaxiraga olishsa, bu menga yoqmasdi», — dedi Jerrard The Overlap nashriga bergan intervyusida.
Stiven Jerrard 2015 yildan 2017 yilgacha «Los-Anjeles Gelaksi» sharafini himoya qilgan va shundan so'ng faoliyatini yakunlagan. Yarim himoyachi Amerika klubi safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va 15 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Kommentariyalar