Jerrard JCh-2026 o'yinlari uchun o'z Angliya terma jamoasi boshlang'ich tarkibiga Konsa, Gordon va Andersonni kiritdi

Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinlari uchun «uch sherlar»ning o'z talqinidagi boshlang'ich tarkibini tuzib chiqdi.
-
Darvozabon: Jordan Pikford.
-
Himoyachilar: Ris Jeyms, Ezri Konsa, Mark Gexi, Niko O'Rayli.
-
Yarim himoyachilar: Deklan Rays, Elliot Anderson, Jud Bellingem.
-
Hujumchilar: Entoni Gordon, Bukayo Saka, Xarri Keyn.
Angliya terma jamoasi JCh-2026dagi yurishini Xorvatiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu bahs 17 iyun kuni bo'lib o'tadi. «L» guruhi 2-turida inglizlar Gana bilan (23 iyun), 3-turda esa Panama bilan (28 iyun) kuch sinashishadi.