Jerom Boateng "Bavariya"ga yangi lavozimda qaytadi.

Sobiq futbolchining aytishicha, u tez orada nemis klubida murabbiy sifatida amaliyot o'taydi. Boatengning so'zlariga ko'ra, buning uchun qulay vaqt topish kerak.

"Tez orada Vensan Kompani qo'l ostida yana "Bavariya"da amaliyot o'tayman. Men u bilan gaplashdim.

Buni sabrsizlik bilan kutyapman. Faqat qulay vaqt topish kerak," - dedi Boateng.

Eslatib o'tamiz, Boateng 2011 - 2021 yillar davomida "Bavariya" sharafini himoya qilgan. U klub safida 363 ta o'yin o'tkazgan.

2025 yil sentyabr oyida Boateng futbolchilik faoliyatini yakunladi.