"Jenoa" A Seriyaning joriy mavsumidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

Genuya jamoasi Italiya chempionatining 10-turida "Sassuolo"ni mag'lub etdi (2:1).

1 noyabr kuni klub bosh murabbiy Patrik Vieyra iste'foga chiqarilganini e'lon qildi. Frantsuz qo'l ostida genuyaliklar uch marta durang o'ynashdi va oltita mag'lubiyatga uchrashdi.

Hozirda jamoa 6 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rindan 18-o'ringa ko'tarilib oldi.