Jennifer Lopesning kontsertidan so'ng "Bunyodkor" stadioni ancha o'ziga kelib qoldi (foto)

Xabaringiz bor, 7 avgust kuni "Bunyodkor" stadionida jahon estradasi yulduzi Jennifer Lopesning kontsert dasturi bo'lib o'tgandi. Shundan so'ng stadion chimi foydalanishga yaroqsiz holatga tushib qoldi.
O'zPFL xabariga ko'ra, hozirda stadion holati ancha yaxshilangan.
«Bunyodkor» stadionining asosiy maydonida yangi maysalar unib chiqishni boshladi va bugun dastlabki o'rim bo'lib o'tdi», - deyiladi liga xabarida.


Manba: www.stadion.uz.