Jennaro Gattuzo Italiya xalqidan uzr so'radi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma ololmagani uchun uzr so'radi. Eslatib o'tamiz, italyanlar dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini beruvchi «A» yo'li pley-off final bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4).
«Italiya bo'lajak Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun shaxsan o'zim uzr so'rayman, biroq yigitlarimiz maydonda borini berishdi», — deya Gattuzoning so'zlarini Football Italia nashri keltirmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Ta'kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to'rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.