Jenezio — Zidanning Frantsiya terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangani haqida

«Marsel» bosh murabbiyi Bruno Jenezio Zinedin Zidanning Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men, barcha frantsuzlar kabi, birinchi navbatda Dide Deshamning mehnatini alohida ta'kidlab o'tmoqchi edim, chunki biz odamlar juda tez ko'p narsani unutadigan dunyoda yashayapmiz. Zinedin Zidanning kelishidan juda xursandman, lekin Desham 14 yil davomida nima qilganini eslatib o'tmoqchi edim. Bu favqulodda natija. Nazarimda, ba'zida bizga bunga nisbatan hurmat etishmadi.
Dide o'z iste'fosini Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan e'lon qilishi bilan, biz uning o'rnini kim egallashini bilmoqchi bo'ldik. Bizda o'zining futbolchilik faoliyati evaziga katta obro'-e'tiborga ega inson bo'ladi. Biroq, uning «Real»dagi murabbiylik davrida erishgan yutuqlarini, jumladan, Chempionlar ligasidagi g'alabalarini ham hisobga olish kerak, bu ajoyib edi. O'ylaymanki, biz unga, uning ishiga va frantsuz futbolining uzoq yillar davomida eng yuqori darajada qolishiga imkon beradigan usullariga ishonishimiz kerak», — deydi Jenezio Get French Football News nashriga.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar