Jekson "Chelsi"ga qaytmaydi

"Bavariya" forvardi Nikolas Jeksonning manfaatlarini himoya qilayotgan Diomansi Kamara futbolchining "Chelsi"ga qaytishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Yozgi transfer oynasida "Bavariya" hujumchini "Chelsi"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
- Jekson "Chelsi"ga qaytmaydi. Uning Entso Mareska bilan munosabati yaxshi emas edi. Ammo biz dushmanlik qilmoqchi emasmiz, shuning uchun "Chelsi" uning ketishiga ruxsat berdi," - dedi agent.
"Bavariya" safida 24 yoshli Jekson Germaniya chempionatining bir o'yinida ishtirok etdi.