Jekson "Chelsi"ga qaytishdan bosh tortmoqda

Hujumchi Nikolas Jekson allaqachon Myunxenga qo'ngan, u erda sotib olish optsiyasi bilan ijara asosida "Bavariya"ga o'tishni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Biroq, "Chelsi" so'nggi daqiqada "Fulxem"ga qarshi o'yinda boshqa hujumchi Liam Delap olgan jarohat tufayli kelishuvni rad etdi.
Bir necha manbalarning xabar berishicha, Jekson vaziyatdan norozi bo'lgan. Taggat xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "Chelsi" qarorgohiga qaytishdan bosh tortmoqda.
Biroq, bir muammo bor - futbolchi bu vaziyatda o'z taqdirini o'zi hal qila olmaydi. Insayder Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, "Chelsi" hujjatlarni imzolamasa, Jekson "Bavariya"ga o'ta olmaydi.