Nikolas Jekson "Bavariya" safida ilk samarali harakatlarini amalga oshirdi.

"Chelsi"dan ijaraga olingan myunxenliklar forvardi EChLning 2-turidan o'rin olgan "Pafos"ga (5:1) qarshi o'yinning 20-daqiqasida Rafael Gerreyruga golli uzatma berdi va 31-daqiqada gol urdi.

Senegallik futbolchi "Bavariya" safida beshinchi o'yinini o'tkazdi.