Jekson «Bavariya»dagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

Hujumchi Nikolas Jekson «Bavariya»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Futbolchi, hatto klub uni olib qolmoqchi bo'lgan taqdirda ham, Myunxenda qolishni istamayapti.
Jekson jamoadagi holatidan norozi. Shuningdek, u «Bavariya» jamoasiga moslashib keta olmadi. Futbolchi mavsum oxirigacha mo'ljallangan ijara muddati tugagach, tezroq «Chelsi»ga qaytishni kutmoqda.
Avvalroq «Bavariya» ham Jeksonni sotib olish ishtiyoqida emasligi haqida xabar berilgan edi. Biroq u «Chelsi»ga ham kerak emas. Londonliklar hujumchi uchun boshqa jamoa topish variantlarini ko'rib chiqishadi.