Jekson "Bavariya"dagi holati bo'yicha fikr bildirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Nikolas Jekson klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida forvard "Chelsi"dan ijara asosida "Bavariya"ga o'tgan edi.
"Men bu erda juda baxtliman, hamma meni juda iliq kutib oldi. O'zimni uydagidek his qilyapman. Ko'ramiz, kelajak bizga nima olib keladi," - deya Jeksonning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
"Bavariya" safida 24 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va bitta samarali uzatma muallifiga aylandi.
Jeksonning "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilga qadar imzolangan.