Ayni daqiqalarda Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida o'zaro bahs olib borishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, bugungi uchrashuv Bosniya terma jamoasining 40 yoshli etakchisi Edin Jeko uchun yubiley o'yinga aylandi. Bu uning milliy jamoa libosidagi 150-uchrashuvidir.

Jeko bosniyaliklar safidagi mazkur o'yinlarida jami 73 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Edin Jeko Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga ilk bor 2007 yilda — deyarli 20 yil oldin chaqirilgan edi!

Eslatib o'tamiz, birinchi taym davomida bosniyaliklar Jekoning yaqindan yordami bilan qatarliklarni ishonchli tarzda mag'lub etishmoqda. Bunday natija bolqonliklarga uchinchi, balki ikkinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l olish uchun yaxshi imkoniyat taqdim etadi.

Manba: Stadion.uz