O'z faoliyatidagi ikkinchi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan bosniyalik hujumchi Edin Jeko guruhdagi kuchlar nisbati haqida gapirdi. U Shveytsariya terma jamoasini guruh favoriti deb hisoblamoqda.

«Bizni jiddiy jamoa sifatida ko'rishmagandi. Pley-off o'yinlari paytida boshqa narsalar — Italiya terma jamoasi, kichik stadion haqida gapirishdi, biz esa o'z salohiyatimizni ko'rsata oldik. Guruhga kelsak, Shveytsariya terma jamoasi yaqqol favorit hisoblanadi», — deya tajribali hujumchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati guruh bosqichida bosniyaliklar Shveytsariyadan tashqari Qatar va Kanada terma jamoalariga qarshi ham maydonga tushishadi.