Jeko Jahon chempionati pley-offida 40 yoshdan keyin maydonga tushgan ilk maydon futbolchisiga aylandi

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko Jahon chempionatlari tarixida noyob natija qayd etdi.
Opta ma'lumotiga ko'ra, 40 yosh-u 106 kunlik Jeko Jahon chempionati pley-off bosqichida maydonga tushgan 40 yosh va undan katta yoshdagi ilk maydon futbolchisiga aylandi.
Tajribali hujumchi Jahon chempionati–2026 1/16 finalida AQShga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Xabar yozilayotgan vaqtda bahsning birinchi bo'limi davom etayotgan bo'lib, hisob ochilmagan — 0:0.
JCh-2026. Final bosqichi. 1/16 final
2 iyul, 2026 yil. Atlanta (AQSh).
AQSh — Bosniya va Gertsegovina — 0:0 (1-bo'lim davom etmoqda).
Eslatib o'tamiz, AQSh terma jamoasi D guruhida birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Bosniya va Gertsegovina B guruhini uchinchi pog'onada yakunlagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar